AsosiyJamiyat

JSST: "Hozirda biz duch kelayotgan eng katta xavf virus emas, balki..."

'JSST: "Hozirda biz duch kelayotgan eng katta xavf virus emas, balki..."'ning rasmi

Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gebreysusning so`zlariga ko`ra, koronavirusga qarshi kurashda dunyo mamlakatlarining hamjihatlikda harakat qilmayotganligi va biror davlat etakchilikni qo`lga olmayotgani virusdan ham kattaroq xavf hisoblanadi. Shuningdek, pandemiyaning siyosiylashtirilishi vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda.

JSST o`ziga a`zo davlatlar tomonidan bir necha bor tanqid qilindi. Xususan,AQSh bu tashkilotni koronavirusga qarshi kurashda juda sekin va kuchsiz harakat qilganlikda hamda Xitoyga yon bosganlikda ayblamoqda.

“Hozirda dunyo davlatlari birlik va hamjihatlikka muhtoj. Ushbu pandemiyaning siyosiylashtirilishi esa uni yanada yomonlashtirdi. Ayni paytda biz duch kelayotgan eng katta xavf virusning o`zi emas,balki global hamjihatlik va global etakchilikning yo`qligidir”, deydi JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreysus sog`liqni saqlash bo`yicha o`tkazilgan virtual forumda.

Shuningdek, Tedros barcha mamlakatlar dunyo aholisining sog`ligini saqlashni asosiy maqsad qilib olishlari kerakligini ta`kidlab, qat`iy sog`liqni saqlash tizimlari insoniyat sog`ligini saqlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosi ekanligini aytgan.

JSST 19 iyun kuni koronavirus tarqalishi tezlashayotganidan ogohlantirgandi. Norvegiya sog`liqni saqlash vaziri Bent Hoei ham virusning tugashiga hali ancha vaqt borligi bo`yicha o`z xavotirlarini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar