AsosiyJamiyat

6 soat ichida 127 kishida koronavirus aniqlandi

'6 soat ichida 127 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 23 iyun soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6662  nafarni tashkil etmoqda, deya xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlari 127 nafarga ko`paygan. Bugun soat 17:00da bemorlar 6535 nafarni tashkil etayotgandi. 

Yangi kasallanganlarning 79 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 14 nafar Xorazm viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 3 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Andijon viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 3 nafari Toshkent viloyatida (shundan 2 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 3 nafari Namangan viloyatida aholi orasida, 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4560 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog`aygan.  2083 nafari davolanishda qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar