AsosiyDunyo

Isroilda COVID-19 epidemiyasining ikkinchi to`lqini boshlangani aytilmoqda. Bir sutkada 459 kishi kasallandi

'Isroilda COVID-19 epidemiyasining ikkinchi to`lqini boshlangani aytilmoqda. Bir sutkada 459 kishi kasallandi'ning rasmi

Isroilda bir sutkada 459 kishi COVID-19 bilan kasallangani qayd etildi. Bu joriy yilning 22 aprelidan buyon eng katta sutkalik o`sishdir. Bu haqda mamlakat sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilgan

Kasallikning yana avj olishi "mamlakatda maktablar, tashkilotlar, restoranlar, barlar, sayyohlik maskanlarining qayta ishga tushirilgani" bilan bog`lanmoqda. 

Isroil hukumati koronavirusga chalinishlar soni oshganidan so`ng, bir necha hududlarda kirish va chiqish taqiqlarini qo`ygan. Bu taqiqlar 24 iyundan kuchga kiradi va bir hafta davom etadi. Ushbu hududlarga Elad va Tveriya shaharlarining bir qismi kirgan.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Isroilda jami 21,5 ming kishi koronavirusga chalindi. 15,7 bemor tuzaldi. 

    Boshqa yangiliklar