AsosiyJamiyat

Nurafshon O`zbekistonda birinchi “Smart City”ga aylanadi

'Nurafshon O`zbekistonda birinchi “Smart City”ga aylanadi'ning rasmi

Toshkent viloyatining ma`muriy markazi hisoblangan Nurafshonni ham mamlakatimizdagi birinchi aqlli shaharga aylantirish rejalashtirilyapti. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Umumiy maydoni 217 gektardan iborat bo`lgan To`ytepa shaharchasi o`rnida vujudga kelgan Nurafshon shahrining jami maydoni bugungi kunda qariyb 16 baravar kengaygan bo`lib, ayni paytda 3248 gektarga teng.

Mavjud 22 ta mahalla fuqarolar yig`inida 48 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Bugun shahardagi ulkan qurilish ishlari davom etmoqda. Xususan, shahar markazi Toshkent yo`li ko`chasida 213 ta ob`ekt buzilib, joy egalariga mahalliy byudjet hisobidan 24  milliard so`m tovon puli to`lab berildi.

Markaziy ko`chada 172 ta bino va inshoot qad ko`tarishi rejalashtirilgan bo`lib, bugungi kunda ularning 36 tasida qurilish ishlari olib borilyapti. 

    Boshqa yangiliklar