Ertaga, 25 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar jadvali e`lon qilindi. Unga ko`ra:
Toshkent – Moskva – Toshkent
Toshkent – Nyu-York parvozlari amalga oshiriladi.
Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.
Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.
Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.
Ma`lumot uchun, yangi tartibga ko`ra, endilikda O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, bugun Tel-aviv – Toshkent – Tel-aviv hamda Toshkent – Novosibirsk – Toshkent charter reyslari amalga oshiriladi.






