2020 yil 24 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6755 (+93) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 51 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 37 nafari Toshkent shahrida (shundan 35 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 5 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, yana 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 4560 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog`aygan.
‼️Hozirda mamlakatimizda 2176 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 18 nafari og`ir, 4 nafari o`ta og`ir ahvolda.






