AsosiyShou-biznes

Oybek va Nigoraning oila qurishlari ma`lum bo`ldi

“Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora 21 noyabr kuni oila qurishlarini ma`lum qilishdi. Ayni damda ikki yosh to`yga tayyorgarlik ko`rish ishlari bilan band. Qalampir.uz saytining xabar berishicha, to`y poytaxtdagi “Versal” restoranida bo`lib o`tadi.

2005 yildan buyon birgalikda faoliyat olib borayotgan Oybek va Nigora shu vaqtga qadar to`y haqidagi savollardan qochishar, o`rtadagi rishtalarni muxlislar va xalqqa oshkor etishni istashmas edi. Bu orada “Ularning to`yi bo`lib o`tibdi, Nigora boshqa kishiga turmushga chiqibdi” - degan gaplar ham tarqalishga ulgurdi. Shu kabi savollarning barchasiga tez kunda Oybek va Nigora bilan bo`lib o`tadigan eksklyuziv suhbatda javob topasiz.

 

    Boshqa yangiliklar