1

Nega koronavirus yuqtirgan 350 kishi o`zining kasal ekanini sezmagan?

Salomatlik 24.06.2020, 12:40
Nega koronavirus yuqtirgan 350 kishi o`zining kasal ekanini sezmagan?

AQShlik mashhur doktor Mehmet O`z koronavirusni juda tushunarli qilib ta`rifladi:

"Bu virusdan qutulish yo`q, o`rtoqlar. Unga har birimiz istisnosiz chalinamiz. Hatto ko`pchilik chalinib ham ulgurgan-u, hali o`zi bilmaydi. Tuzalib ham bo`lgandir. Organizmi virus bilan yashashga allaqachon ko`nikkan yoki virus u tanada hayot topolmay boshqa tanaga o`tgan. Bu mavzuda eng yaxshi misol "Daymond Prinsess" kemasi. Undagi 3700 yo`lovchidan 700 tasida virus aniqlangan. Ammo shulardan 350 nafari kasalligini sezmagan ham. Yoshi keksaligiga qaramay yotoqqa tushmay yashamoqda.

Nega bunday? Chunki o`sha 350 kishining immuniteti juda kuchli. Ya`ni bu kasallikda eng muhim jihat — bu immunitet. Oramizda immun tizimi kuchli bo`lganlar, sport bilan shug`ullanganlar, to`g`ri ovqatlanganlar, chekmaydiganlar bu kasallikni umuman sezmaydilar. Balki engil shamollash kabi o`tkazib yashayveradilar.

Viruslar juda tez mutasiyaga kirishadi. Vaqt o`tgani sayin virus mutasiya natijasida yuqqan odamini nobud qilmaydigan holga keladi. Demak, bu virusga qanchalik kech duch kelsak, uning zarari shuncha kam bo`ladi.

Shuning uchun, imkon qadar uydan chiqmay, gigienaga rioya qilib, to`g`ri ovqatlanish, badantarbiya qilish va karantin qoidalariga qat`iy amal qilish kerak! Shuni bajarganlar, ishoning, hammadan uzoq yashaydilar!

 XULOSA:

▪️Karantinga amal qiling. Virusni qancha kech uchratsangiz, shuncha omadlisiz.

▪️Gigiena. Tozalikka qat`iy rioya qiling.

▪️Meva va sabzavotlar iste`mol qiling.

▪️Immunitetni ko`taruvchi sarimsoq, qatiq, yogurt kabi mahsulotlarni ko`proq iste`mol qiling.

▪️Immunitetni mustahkamlovchi vitamin va qo`shimcha moddalar qabul qiling.

▪️Serharakat bo`ling va uyda sport bilan shug`ullaning.

▪️Chekmang!

▪️Suv iste`molini ko`paytiring.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1