Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida “Avayxon” jome masjidining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Uzunligi 23 metr, eni 16 metrni tashkil etgan, bir vaqtning o`zida etti yuzdan ziyod namozxonlarni sig`dira oladigan masjid zamonaviy loyiha asosida qad rostlashi rejalashtirilgan masjid binosini qurilishi o`tgan yili iyun oyining 17 kuni boshlangan edi.
Hozirga kelib, homiylar, mahalla faollari tomonidan masjidning xonaqoh, qo`shimcha xonalar, ayvon, darbozaxona va tahoratxona to`liq qurib bitkazildi.





