AsosiyJamiyat

Harbiy, dispanser xodimi, korxona ishchilari... Viloyatlarda koronavirus yuqtirganlar bo`yicha ma`lumot berildi

'Harbiy, dispanser xodimi, korxona ishchilari... Viloyatlarda koronavirus yuqtirganlar bo`yicha ma`lumot berildi'ning rasmi

Avval qilinganidek, kecha, 23 iyun kuni 8 ta hududda: Xorazm, Namangan, Toshkent, Andijon, Surxondaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida jami 30 holatda aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlangan.SSV ushbu hududda kasallik aniqlangan fuqarolar haqida ma`lumot berdi. 

Jumladan, Surxondaryo viloyati Silga qarshi kurashish dispanseri xodimi F.K. va uning o`g`lida, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashovchi A.R.da (tana harorati tushmayotganligi sababli o`zi borib namuna topshirgan), Namangan viloyati Pop tumani harbiy qism xodimi Sh.N.da (profilaktik tekshiruv mobaynida aniqlangan), ushbu viloyatdagi “Turon Megastroy” korxonasi ishchisi M.B.da (Xorazm viloyatida xizmat safarida bo`lgan), Uchqo`rg`on tumanida yashovchi M.A.da (qurilish kompaniyasida ishlab ketgan), Xorazm viloyatida “Xorazm gilamlari” MChJning 6 nafar ishchisida koronavirus tasdiqlangan.

 

🔴Bundan tashqari, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi I.N.da (tana harorati ko`tarilgan va yo`tal bezovta qilgani sababli namuna topshirgan), Toshkent tumanida yashovchi A.A.da (shifoxonaga yotish maqsadida namuna topshirgan), Chinoz tumanida yashovchi J.E.da (tana harorati ko`tarilgan va tomoqda og`riq bo`lganligi uchun namuna topshirgan) kasallik qayd etilgan. Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

 

❗️Ko`rinib turibdiki, yurtimizning qaysi hududida bo`lishidan qat`iy nazar har bir fuqaroda koronavirus yuqtirib olish xavfi mavjud.  

 

‼️Shu bois, Sog`liqni saqlash vazirligi, eng avvalo, tozalikka qat`iy rioya qilishni, aholidan zarurat bo`lmaganda ko`chaga chiqmaslik, ko`chada bo`lgan vaqt esa  ijtimoiy masofani saqlash, niqoblarni to`g`ri taqib yurish, qo`llarni yaxshilab, qayta-qayta yuvish kabi karantin qoidalariga doimiy ravishda qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar