AsosiyJamiyat

Ayni paytda Toshkentda aholi orasidan yana 13 kishida koronavirus aniqlandi

'Ayni paytda Toshkentda aholi orasidan yana 13 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 24 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6847 (+92) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 28 nafari Toshkent shahrida (shundan 15 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 4588 (+28) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aydi.

Hozirda mamlakatimizning o`nta xududidagi shifoxonalarida  davolanayotgan 2240 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 18 nafari og`ir, 4 nafar bemorning ahvoli o`ta og`irligicha qolmoqda. Shifokorlarimiz har bir bemor hayoti uchun kurashmoqda.

    Boshqa yangiliklar