Bugun poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 19 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 28 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV.
Statistik tahlillarga ko`ra, poytaxtimizda tuzalganlarning 10 nafari erkak, 9 nafari ayol bo`lib, ularning eng yoshi ulug`i 66 yoshda, eng kichigi esa 10 yoshda. Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasi 4211 nafar holatda qayd etilgan bo`lsa, endilikda ushbu kasallikdan sog`ayganlar soni 2470 nafarga etdi.
Andijon viloyatida bugun kasallikdan forig` bo`lgan 43 yoshli erkak bilan birga ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 181 nafarni tashkil qilmoqda. Viloyatda 13 nafar bemor davolanmoqda.
Buxoro viloyatida kasallikdan forig` bo`lganlarning 2 nafari erkak va 4 nafari ayol bo`lib, ularning yoshi kattasi 52 yoshda, eng kichigi esa 2020 yilda tug`ilgan qizaloqdir. Endilikda ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 478 nafarga etib, 29 nafar bemor davolanmoqda.
Samarqand viloyatida bugun kasallikdan forig` bo`lgan 51 yoshli ayol va 26 yoshli erkak bilan birga ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 386 nafarni tashkil qilmoqda. Viloyatda 26 nafar bemor davolanmoqda.
Shunday qilib, bugun shu vaqtgacha 28 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 4588 nafarni tashkil etmoqda.






