Tadbir tashkilotchilarining veb-saytda e`lon qilgan xabariga ko`ra, Nyu-Yorkda 2020 yilning 1 noyabr kuni o`tkazilishi kerak bo`lgan marafon koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilingan.
"Garchi marafon shahrimiz uchun an`anaviy va sevimli voqea bo`lsa-da, men tashkilotchilarni tomoshabinlar va ishtirokchilarning salomatligi, xavfsizligini birinchi o`ringa qo`yganlari uchun olqishlayman. Biz elliginchi marafonni 2021 yilning noyabr oyida kutib olamiz", deydi Nyu-York meri Bill De Blazio.






