Joriy yilning 15 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “YPX xodimlaridan qochayotgan haydovchi ayanchli avariyaga uchradi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
Video lavha yuzasidan Farg`ona viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib yakunlandi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB Axborot xizmati.
Aniqlanishicha, amaldagi yo`l harakati qoidalarini buzib harakatlangan haydovchi N.T. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli transport vositasini to`xtatish choralarini ko`rgan bo`lsada, YPX xodimining kuzatib borishi natijasida mazkur transport vositasida bo`lgan fuqarolar N.T. va X.E.lar yo`l-transport hodisasiga uchrab, turli xil ko`rinishdagi tan jarohati olishigan.
Bunga sababchi bo`lganligi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bobi 48-bandida belgilangan talablarni buzganligi uchun Farg`ona viloyati IIB YHXB YPX bataloni YPX birinchi otryadi ikkinchi safarbar guruhi YPX inspektori A.Madaminov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.






