AsosiyDunyo

Koronavirus yana kuchaymoqda: Evropada pandemiyasining ikkinchi to`lqini vujudga kelishi mumkin

'Koronavirus yana kuchaymoqda: Evropada pandemiyasining ikkinchi to`lqini vujudga kelishi mumkin'ning rasmi

Mutaxassislar Evropa mamlakatlarida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to`lqini vujudga kelish xavfi yuqori ekanligi haqida ogohlantirmoqda. Germaniyada infeksiyaning yangi holatlari soni har bir soatda o`sib bormoqda: so`nggi 24 soat ichida bu 587 taga ko`paydi. Mamlakat g`arbida joylashgan mahalliy go`shtni qayta ishlash zavodida koronavirus tarqalib ketganidan so`ng 360 ming aholiga ega ikkita hududda qayta karantin joriy etildi.

Evropaning epidemiyadan eng ko`p zarar ko`rgan mamlakati bo`lgan Italiyada har kuni infeksiyaga chalinganlar soni 122 tani tashkil etmoqda. Bu masala bo`yicha Milandagi Gititas tibbiyot universiteti professori Maurisio Sessoni quyidagi fikrlarni bildirib o`tdi:

"Biz COVID-19 virusiga chalingan bemorlarning yana ko`payishiga tayyormiz. Epidemiya bizni hayratda qoldirdi, shuning uchun biz ikkita asosiy tamoyil — jamiyatda va kasalxonada infeksiya tarqalishini hisobga olgan holda ishlashga harakat qilamiz. Agarda virus tarqalishining ikkinchi to`lqini paydo bo`ladigan bo`lsa, reanimasiya bo`limlarida bemorlarning sonini keskin oshishi mumkin. Biz bunga tayyorgarlik ko`ryapmiz".

Epidemiya markazi hisoblangan shimoliy Lombardiyada 62 holat qayd etildi. Italiyaning 20ta mintaqasidan sakkiztasida oxirgi kun davomida virus hech kimga yuqmagan, 10 ta hududda reanimasiya bo`limlarida bemor yo`q.

Evropa reanimasiya jamiyati a`zosi Professor Jozef Kesejioglu shunday deydi:

"Bizni nima kutayotganini bilamiz, ammo hammasi avvalgi darajada yomon bo`lmaydi deb umid qilamiz. Bizda davlat va xususiy shifoxonalarda harakatlar rejasi asosida asbob-uskunalar va tibbiy buyumlar mavjud, ammo eng muhimi, bizda tibbiyot xodimlari va bemorlarga g`amxo`rlik qiladigan xodimlar etarli".

Portugaliyada infeksiyaning yangi o`choqlari aniqlandi. So`nggi bir oy ichida respublikada 9200 dan ortiq infeksiya qayd etilgan, ularning aksariyati poytaxtda. Shu munosabat bilan Lissabonda cheklov choralari kuchaytirilmoqda: endi o`ndan ortiq odam guruh bo`lib to`planishi taqiqlandi, kafe va do`konlar esa kechki soat 8 gacha yopilishi kerakligi aytildi.

    Boshqa yangiliklar