Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Kun.uz muxbiri Abror Zohidov bilan suhbatda ma`lum qildi.
Vazir: "Joriy yil boshida ishsizlar soni 1,4 million nafar atrofida edi. Shundan keyin pandemiya ta`sirida ayrim korxonalar faoliyatini to`xtagani sababli ishsizlar soni 2 million nafarga yaqinlashdi. Bundan tashqari, xorijdagi ishiga bora olmayotgan 500 ming nafarga yaqin fuqarolarimiz ham bor.
Bu ko`rsatkich odatda foizlarda ifoda qilinadi. O`zbekistonda pandemiyaga qadar ishsizlik ko`rsatkichi 9,3 foiz bo`lgan bo`lsa, ayni paytdagi hozircha taxminiy va birlamchi hisob-kitoblarimizga ko`ra bu ko`rsatkich 14-15 foizga etdi. Ya`ni, 5-6 foizgacha o`sish kuzatildi.
Lekin ikkinchi tomonidan bugungi kunda «yashil» hududlardagi korxonalar asta-sekin faoliyatini tiklamoqda va bu ijobiy natija bermoqda".






