AsosiyJamiyat

20-o`lim: Surxondaryolik fuqaro koronavirusdan vafot etdi

'20-o`lim: Surxondaryolik fuqaro koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyat Denov shahrida vafot etgan bir nafar bemorda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Denov shahrida yashagan, 1961 yilda tug`ilgan marhum bemor B.X. so`nggi 5 yildan buyon ikki tomonlama o`pkaning o`tkir bronxopnevmoniyasi tashxisi bilan davolanib kelgan. Shu yilning 19 iyun kuni bemor (ayol) murojaatiga ko`ra, olingan namunada koronavirus infeksiyasi mavjudligiga gumon qilingan va bemor tez yordam mashinasida tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonada bemorga “Ikki tomonlama o`tkir bronxopnevmoniya. O`tkir yurak va o`pka etishmovchiligi og`ir darajasi, koronavirus infeksiyasiga gumon” tashxisi qo`yilgan. Bundan tashqari, bemorda “O`pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, surunkali pielonefrit, kamqonlikning o`rta og`ir darajasi” yondosh kasalliklar tashxisi ham qo`yilgan.

Bemorga ko`rsatilgan tezkor tibbiy yordam va reanimasion muolajalarga qaramasdan u yurak-qon tomir va o`pka etishmovchiligidan vafot etgan.

Respublika sanitariya-epidemilogik osoyishtaligi agentligining  maxsus referens laboratoriyasi xulosasiga ko`ra, marhumdan olingan namunada  koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. U bilan muloqotda bo`lgan oila a`zolari, yaqinlari va boshqa fuqarolar qat`iy karantinga olingan bo`lib, ushbu holat yuzasidan epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar