Aholi orasida koronavirus qayd etilishi holatlari mamlakatimiz bo`ylab barcha xududlarda kuzatilmoqda. Bugun Jizzaxda ham ikki holatda aholi orasida kasallik qayd etildi. Ma`lumki, ushbu viloyatda 3 ta holatda kasallanish aniqlanib, ularning eng so`nggisi 27 aprel kuni sog`ayib, koronavirusdan xoli xududga aylangan edi.
SSV Samarqand viloyatida 8 nafar, Toshkent viloyatida 5 nafar koronavirus yuqtirgan fuqvrolar haqida ma`lumot berdi.
Keltirilishicha, Toshkent viloyatida O`rtachirchiq tumanida yashovchi N.A.da (Yunusobod tumanidagi “Malika” maishiy texnika savdo majmuasiga borgan), “Nazarbek” sanatoriysi xodimi X.A.da (30 maydan 13 iyungacha karantinda bo`lgan), Zangiota tumanida yashovchi M.D.da, Qibray tumanida yashovchi S.I.da (tana harorati ko`tarilgani uchun tez tibbiy yordam chaqirgan) kasallik qayd etilgan.
Shuningdek, respublika Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Samarqand viloyati filiali xodimi Z.A.da, Kattaqo`rg`on tumanida yashovchi R.A.da (tana harorati ko`tarilgani sababli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan) va uning 4 nafar qarindoshi hamda 2 nafar qo`shnisida ham koronavirus aniqlangan. Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avval aytib o`tganimizdek, yurtimizning barcha hududlarida koronavirus yuqtirib olish xavfi mavjud.
Shu sababli Sog`liqni saqlash vazirligi, yana bir bor, aholidan, avvalo, ozodalikka alohida e`tibor berish, sababsiz va zaruratsiz ko`chaga chiqmaslik, uydan chiqqanda ham ijtimoiy masofani saqlash, niqobni to`g`ri taqishga, jamoat transportidan to`g`ri foydalanish, qo`llarni yaxshilab, qayta-qayta yuvish kabi karantin va sanitariya qoidalariga doimiy ravishda qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi.






