Shu soatlarda poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalarida yana 102 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`aydi. Avval habar berganimizdek, 68 nafar shifo topgan bemorlar bilan birgalikda bugun Toshkentda yana 102 nafar bemor kasallikdan forig` bo`lib, ularning soni 170 nafarga etdi, de xabar bermoqda SSV.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan 2737 nafar bemor sog`aydi.
Bugun yurtimizda 192 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi. Shu tariqa shifokorlarimizning fidoyiligi sabab bugun sog`ayishning rekord ko`rsatkichi qayd etildi.
Hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 4877 nafarni tashkil etmoqda.






