AsosiyJamiyat

Testlar natijasiga ko`ra ayni damda bemorlar yana ko`paydi (+90)

'Testlar natijasiga ko`ra ayni damda bemorlar yana ko`paydi (+90)'ning rasmi

2020 yil 25 iyun soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7177 (+90) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi SSV.

Yangi kasallanish holatlarining 74 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 5 nafar Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4877 (+192) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2280 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar