Bugun mamlakatimizda, afsuski, 276 holatda kasallik aniqlanib, eng yuqori ko`rsatkich qayd etildi. Shundan 243 nafari Karantin muassasalarida, 24 nafari aholi orasida (shundan 17 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida, yana 2 nafari Jizzax viloyati hamda 1 nafari Andijon viloyatida), qolgan 9 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Avval xabar qilganimizdek, bugun 192 nafar fuqaro sog`aydi. Ular Toshkent shahri, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 7177 nafar bemordan 4877 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2280 nafar bemordan 18 nafari og`ir, 6 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.
Sog`liqni saqlash vazirligi tizimidagi virusologik laboratoriyalarda “COVID-19” infeksiyasiga bugunning o`zida 21 148 ta, epid mavsum davomida esa 1 121 236 ta test sinovi bepul o`tkazilgan.







