AsosiyJamiyat

Ayni paytda O`zbekistonning 3 ta viloyatida aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

'Ayni paytda O`zbekistonning 3 ta viloyatida aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 26 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7228 (+51) nafarni tashkil etmoqda.

 Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 22 nafari Xorazm viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 7 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), qolgan 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

 

❗️Ayni paytda yurtimizda 4877 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog`aygan.

 

‼️Hozirda mamlakatimizda 2331 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 19 nafari og`ir, 7 nafari o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar