AsosiyJamiyat

Navoyidagi oltin konidan noqonuniy tilla qazib olayotgan sheriklar, navbat talashib, biri ikkinchisini o`ldirib qo`ydi

'Navoyidagi oltin konidan noqonuniy tilla qazib olayotgan sheriklar, navbat talashib, biri ikkinchisini o`ldirib qo`ydi'ning rasmi

1992 yilda tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti oliy, bo`ydoq, ayni paytda Karmana tumani “Zarafshon” ko`chasida istiqomat qiluvchi N.V. tanishi – 1985 yil Buxoro viloyatida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti o`rta, oilali – 3 nafar farzandi bor, hozirda Shofirkon tumani “Denov” mahallasida yashovchi F.M. bilan sherikchilikda Konimex tumani “Karakata” ovuliga qarashli dasht hududida joylashgan “Sentyabrskiy” nomli eski oltin konida, hozirda qo`riqlanmayotgan tashlandiq karerdan tarkibida tilla zarralari mavjud qumlarni qazib olgan.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, noqonuniy ish jarayonida yuzaga kelgan o`zaro navbat talashish sherikchilik buzilishiga sabab bo`ldi. Vaziyat tortishuv bilan yakunlanmadi, aksincha, murosasizlik oqibatidagi janjal natijasida N.V. F.M.ga qo`l zarbi orqali tan jarohati etkazishi bilan yakunlandi. Taassufki, F.M.ning spirtli ichimlik iste`mol qilganligi ta`siri uning muvozanatni yo`qotib, chap tomonga yiqilishi natijasida boshi toshga tekkanligi, sog`lig`ini jiddiy xavfga qo`ydi.

Zarafshon shahar “Daugustou” qo`rg`onidagi vrachlik punktida F.M.ga ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan jarohati natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan N.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar