AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishoni ta`sis etildi

'O`zbekistonda “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishoni ta`sis etildi'ning rasmi

“Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida e`lon qilindi. 

Farmon bilan O`zbekistonning inson huquqlari bo`yicha xalqaro shartnomalari normalarini bajarish yuzasidan mas`ul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yo`nalishlari belgilandi.

BMTning inson huquqlari bo`yicha ustav organlari va shartnomaviy qo`mitalarining tavsiyalarini bajarishga to`sqinlik qilayotgan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish asosiy yo`nalishlardan biridir.

Shuningdek, Farmon bilan Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo`yicha “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi.

Inson huquqlari bo`yicha Milliy markazi (Markaz) Milliy strategiya va “Yo`l xaritasi”ning amalga oshirilishi yuzasidan muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va o`z vaqtida ijro etilishi bo`yicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi.

 “Yo`l xaritasi”da belgilangan mas`ul ijrochilar o`zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi to`g`risidagi ma`lumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Markazga taqdim etadi.  

Farmon bilan “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishonini ta`sis etildi.

Ko`krak  nishoni inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlari madaniyatini oshirishda ko`rsatgan xizmatlari uchun har yili Xalqaro inson huquqlari kunida topshiriladi.

 Shuningdek, har ikki yilda yuqori saviyada hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlar mutaxassislari va faxriy mehmonlar ishtirokida Inson huquqlari bo`yicha Samarqand forumi o`tkaziladi.

Markaz xodimlarining lavozim maoshiga:

* fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun – lavozim maoshining 30 foizigacha;

*fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun – lavozim maoshining 60 foizigacha qo`shimcha haq to`lanadi.

    Boshqa yangiliklar