AsosiyJamiyat

Jizzaxda tug`ilgan kunga borganlar koronavirusga chalinib qaytishdi

'Jizzaxda tug`ilgan kunga borganlar koronavirusga chalinib qaytishdi'ning rasmi

SSV Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, kecha, 25 iyun kuni  276 holatda kasallik aniqlanib, rekord ko`rsatkich qayd etildi. Shu kuni 24 nafar aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida ko`radigan bo`lsak, Toshkent shahrida 17 nafar, Toshkent viloyatida 4 nafar, Jizzax viloyatida 2 nafar hamda Andijon viloyatida 1 nafarni tashkil etdi.

Jumladan, Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumanida yashovchi Z.X.da, Qibray tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroda (har ikki holatda ham tana harorati ko`tarilganligi sababli namuna topshirgan), Parkent tumanida yashovchi Sh.A.da ham kasallik aniqlangan.

Shuningdek, Jizzax viloyati Sh.Rashidov va Jizzax tumanlarida yashovchi 2 nafar fuqaroda (Sh.Rashidov tumaniga tug`ilgan kun nishonlashga borishgan, shundan so`ng tana harorati ko`tarilganligi sababli namuna topshirgan), Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi S.A.da (Rossiya harbiy kosmonavtlar akademiyasi talabasi. Shu yilning12 may kuni Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan va 27 mayda karantin muassasasidan chiqqan) koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

Yuqorida qayd etilgan holatlardan kelib chiqqan holda, Sog`liqni saqlash vazirligi aholidan imkon qadar faol muloqotdan, turli tadbirlar o`tkazishdan vaqtinchalik  tiyilishlarini, va albatta, qo`l berib salomlashish, quchoq ochib ko`rishishmaslik, ozodalikka rioya qilish, sababsiz ko`chaga chiqmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, niqobni to`g`ri taqib yurish kabi karantin qoidalariga qat`iy rioya etib, bizga, shifokorlarga yordam berishingizni so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar