AsosiyJamiyat

"O`zbekneftgaz" va Sergeli tuman xokimligi xodimida koronavirus aniqlandi

'"O`zbekneftgaz" va Sergeli tuman xokimligi xodimida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari boshqa hududlarga qaraganda hamon yuqoriligicha qolmoqda, deya xabar bermoqda SSV.

Ma`lum qilinishicha, 24 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 239 nafar bemordan 31 nafari aholi orasida aniqlangan bo`lsa, 25 iyun kuni esa 276 nafar bemordan 24 nafari aholi orasida tasdiqlanib, shundan 17 holatda poytaxtimizda aniqlandi.

Ikki kunlik ma`lumotga ko`ra, umumiy kasallanish ko`rsatkichi yanada oshgan, aholi orasida koronavirusga chalinish holati esa biroz pasayganini ko`rish mumkin.

Jumladan, Toshkent shahridagi Sergeli tumani xokimligi xodimi A.T.da (profilaktik maqsadda namuna topshirgan), “O`zbekneftgaz” AJ xodimi A.Q.da (profilaktik tekshiruv davomida aniqlangan), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi sanaviasiya xodimi S.U.da (koronavirusga gumon qilingan bemorlarga tibbiy xizmat ko`rsatgan) ham kasallik qayd etilgan.

Shuningdek, Uchtepa tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroda (tana harorati yuqoriligi sababli shifoxonaga murojaat qilishgan), Shayxontohur tumani yashovchi S.Z.da hamda Olmazor tumanida yashovchi R.A.da (har ikki holatda ham tana harorati ko`tarilganligi sababli poliklinikaga murojaat qilgan), Chilonzor tumanida yashovchi (“santexnik”) U.I.da koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Sog`liqni saqlash vazirligi aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari ko`payganligi sababli poytaxtimiz aholisi va mehmonlarini  karantin  va sanitariya qoidalariga qat`iy amal qilishlarini so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar