AsosiyJamiyat

#27iyun. "Ish tartibi o`zgarishi mehnatdan qoniqish hissini paydo qildi"

'#27iyun. "Ish tartibi o`zgarishi mehnatdan qoniqish hissini paydo qildi"'ning rasmi

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Ushbu kun munosabati bilan matbuot va OAVni davlat idoralari bilan samarali hamkorligini ta`minlab borayotgan yana bir Matbuot kotibi mulohazalariga quloq tutamiz. 

Hayot Shamsutdinov – Bosh prokuratura Axborot xizmati rahbari

— Har qanday davlatda rivojlangan jurnalistika, kuchli jamoatchilik nazorati taraqqiyot va qonun ustuvorligi ta`minlanishining garovi sanaladi.  

Bugungi kunda O`zbekistondagi so`z erkinligi, axborot almashinuvi, jamiyatning atrofdagi voqea-hodisalarga o`z fikri va qarashi shakllanib borayotganligi xorijiy davlatlar vakillari tomonidan qayd etilayotganining bir qancha omillari bor.  

Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsiy tashabbusi bilan aksariyat sohalar, xususan, ommaviy axborot vositalari faoliyatida ham e`tirofga loyiq qator yangiliklar joriy etilganini olsak.  Birgina “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta`minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori ayni yo`nalishdi katta burilish yasadi, desak to`g`ri bo`ladi.

Mazkur hujjat bilan nafaqat jurnalistika, balki davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining OAV bilan hamkorlik va aholini xabardor qilish sohasidagi faoliyati yangi, yanada samaraliroq pog`onaga chiqdi. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari, matbuot markazlari, jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha xizmatlarining  asosiy vazifalari aniq belgilab olindi. Mazkur soha rahbarlarining maqomi va nufuzi oshirildi. Aytish joizki, ish tartibi o`zgarishi  mehnatdan qoniqish hissini paydo qildi.    

Bundan tashqari, axborot siyosati sohasidagi vazifalarni amalga oshirishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi bilan amaliy hamkorlik yo`lga qo`yildi. Natijada jurnalistlar bilan izchil hamkorlik, tezkor ma`lumotlar tarqatish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta`minlash borasidagi ishlar to`liq yo`lga qo`yilib, o`zining ijobiy samarasini bermoqda. Shu orqali media makonda noxolis va noto`g`ri ma`lumotlar tarqalishi holatlari o`z vaqtida bartaraf etilyapti.  

Imkoniyatdan foydalanib, davlat, jamiyat hamda zamonning o`zi oldimizga qo`yayotgan o`ta muhim va mas`uliyatli vazifalarni amalga oshirishda barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, axborot siyosati sohasida ish yuritayotgan hamkasblarimizga sihat-salomatlik, kuch-g`ayrat  hamda ulkan zafarlar tilayman.

    Boshqa yangiliklar