AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 7 soat ichida yana 92 kishida koronavirus aniqlandi

'O`zbekistonda 7 soat ichida yana 92 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 26 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7320 (+92) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 20 nafari Toshkent shahrida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 2 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 4913 (+36) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aydi. 

    Boshqa yangiliklar