AsosiyJamiyat

Orolning qurigan qismida 5,5 million gektar hududda yangi tuzli cho`l paydo bo`ldi

O`zbekiston delegasiyasining Xitoyning Chendu shahrida bo`lib o`tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlarning yig`ilishida ishtirok etgani haqida ma`lumot bergan edik.

Unda Orol dengizining qurib borishi va buning oqibatida yuzaga kelayotgan muammolar ta`kidlandi. Bir avlod hayoti davomida butunlay yo`qolish yoqasiga kelib qolgan Orol fojiasi bugun ham xalqaro hamjamiyat e`tibori markazida qolmoqda. Bugungi kunga kelib suv sathi Mo`ynoq portidan 150 kilometrga chekindi.

Dengizning qurib borishi nafaqat Markaziy Osiyo, balki boshqa mintaqalarda ham sezilayotgan keskin iqlim o`zgarishiga olib keldi. Orolning qurigan qismida 5,5 million gektarga teng hududda yangi tuzli cho`l paydo bo`lgan. Bu hududlarda yiliga 90 kundan ortiq davr mobaynida chang bo`ronlari sodir bo`ladi va 100 million tonnadan ortiq chang va zaharli tuzlarni atmosferaga ko`tarib minglab kilometrlarga yoymoqda.

Ta`kidlab o`tilganidek, “vujudga kelgan keng ko`lamli nohush ekologik vaziyat nafaqat O`zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlariga, balki butun jahonga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda”.

    Boshqa yangiliklar