2020 yil 27 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7490 (+63) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 17 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 26 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 8 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida), 7 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 3 nafari xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 3 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), qolgan 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 5038 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog`aygan.
‼️Hozirda mamlakatimizda 2433 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 20 nafari og`ir, 8 nafari o`ta og`ir ahvolda.





