AsosiyDunyo

Qozog`iston muntazam aviareyslar qayta tiklanadigan davlatlar ro`yxatini kengaytirdi

'Qozog`iston muntazam aviareyslar qayta tiklanadigan davlatlar ro`yxatini kengaytirdi'ning rasmi

Qozog`istonda muntazam xalqaro reyslar qayta tiklanadigan davlatlar ro`yxati kengaymoqda. Bu haqda Qozog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining transport bo`yicha bosh vrachi Sadvakas Baygabulov ma`lum qilgan, deb yozmoqda «Kazinform» xabariga tayanib daryo.

«Qozog`istonda muntazam xalqaro aviareyslarni boshlaydigan birinchi va ikkinchi toifadagi davlatlar ro`yxati yana kengaytirildi», – degan Sadvakas Baygabulov.

Qozog`iston SSV vakiliga ko`ra, Vengriya, Hindiston, Germaniya, Chexiya, Malayziya qo`shimcha ravishda birinchi toifadagi mamlakatlar qatoriga kiritilgan.

«Birinchi toifadagi mamlakatlardan kelgan yo`lovchilar uchun hech qanday cheklovlar yo`q. Ta`kidlash kerakki, bundan oldin XXR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Gruziya va Tailand birinchi toifaga kiritilgan edi. Misr, Ukraina, Polsha, O`zbekiston, Qirg`iziston, Tojikiston ham ikkinchi toifadagi mamlakatlar guruhiga kiritilgan. Ikkinchi toifadagi mamlakatlardan kelgan yo`lovchilar uchun quyidagi cheklovlar mavjud: agar KVI bo`yicha sertifikat bo`lsa - cheklovsiz, agar sertifikat bo`lmasa, ular karantin xizmati mutaxassislari tomonidan 48 soat ichida PZR testidan o`tishi yoki 14 kunlik karantinda bo`lishi lozim», – deya tushuntirgan Sadvakas Baygabulov.

Shuningdek, u sertifikat 5 kun davomida amal qilishini eslatgan.

    Boshqa yangiliklar