AsosiyJamiyat

28 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar (ro`yxat)

'28 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar (ro`yxat)'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining rasmiy  ertaga, 28 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar haqida ma`lumot berdi. 

  • Toshkent – Nyu-York
  • Nyu-York – Toshkent
  • Toshkent – Moskva – Toshkent

️Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

️Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

Eslatib o`tamiz,  O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar