AsosiyJamiyat

Yana 61 nafar hamyurtimizda virus aniqlandi. Ulardan 12 nafari aholi orasidan

'Yana 61 nafar hamyurtimizda virus aniqlandi. Ulardan 12 nafari aholi orasidan'ning rasmi

2020 yil 27 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7551 (+61) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 22 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 12 nafari aholi orasida), 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni soatlarda Xorazm viloyatida 18 nafar, Toshkent shahridagi  Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, jami 25 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, o`z uylariga kuzatildi.  

️Shunday qilib, yurtimizda 5063 (+25) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aydi.

 Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 2468 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar