AsosiyJamiyat

Toshkentda motosikl va yuk avtomobili ishtirokidagi YTHda motosiklchi halok bo`ldi

'Toshkentda motosikl va yuk avtomobili ishtirokidagi YTHda motosiklchi halok bo`ldi'ning rasmi

26 iyun kuni soat 05:10da Toshkent shahri Mirzo-Ulug`bek tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo`lida 35 yoshli B.S. boshqaruvidagi Yamaha YZFR6 rusumli motosikl va 46 yoshli X.U. boshqargan Shacman yuk avtomobili to`qnashuvi yuz bergan. Bu haqda IIBB xabar bermoqda. 

Hozirda yo`l-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda. Taxminiy sabab: yuk avtomobili haydovchisi to`satdan yo`nalishni o`zgartirgan va burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo`lgan motosiklni payqamay qolgan.

To`qnashuv natijasida motosikl haydovchisi tan jarohatlari olib, voqea joyida hayotdan ko`z yumgan. 

Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismiga muvofiq jinoiy ish qo`zg`atildi.

“Hurmatli haydovchilar! Burilish yoki qayta burilishlardan oldin niyatingiz yo`l harakati qoidalariga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qiling. Qayd etish joizki, Toshkent shahrida ro`y berayotgan va haydovchilarning o`limiga sabab bo`layotgan ikki g`ildirakli transportlar ishtirokidagi yo`l-transport hodisalarining aksariyati yo`l harakati qoidalarini buzgan holda burilgan transport vositalari sabab bo`lgan”, - deyiladi xabarda.  

    Boshqa yangiliklar