AsosiyJamiyat

Toshkentning Abdulla Qodiriy va Labzak ko`chasi kesishmasidagi ko`prik vaqtincha yopildi

'Toshkentning Abdulla Qodiriy  va Labzak ko`chasi kesishmasidagi ko`prik vaqtincha yopildi'ning rasmi

28 iyun soat 08:00 dan 29 iyun soat 12:00 ga qadar  Shayxontohur tumani Abdulla Qodiriy  va Labzak ko`chasi kesishmasidagi ko`prikda joriy ta`mirlash ishlari olib boriladi.  Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Shu munosabat bilan mazkur yo`l o`tkazgich avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz, deyiladi hokimlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar