AsosiyJamiyat

Buxoroda noma`lum muddatgacha bozorlar yopildi, jamoat transportlari harakati to`xtatildi

'Buxoroda noma`lum muddatgacha bozorlar yopildi, jamoat transportlari harakati to`xtatildi'ning rasmi

Koronavirus tarqalishini oldini olish bo`yiicha viloyat komissiyasidan olingan ma`lumotga ko`ra, aholi orasida kasallik ortib borayotgani, Buxoro shahri "sariq" hudud toifasiga kiritilganligini inobatga olib, 1 iyuldan noma`lum muddatga qadar jamoat transportlari soni va harakatlanish vaqti vaqtincha cheklanadi hamda buyum bozorlari faoliyati to`xtatiladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi ma`lum qildi. 

 Keyingi 14 kun davomida aholi orasida kasallanish holati qayd etilmasa (oxirgi marotaba 26 iyun kuni aniqlangan) komissiya qarori bilan jamoat transportlari harakatlanishi va buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat beriladi, deyilmoqda xabarda.

    Boshqa yangiliklar