Koronavirusni enggan Chernogoriya davlati yana qat`iy karantin rejimiga qaytdi

Dunyo 28.06.2020, 15:31
Koronavirusni enggan Chernogoriya davlati yana qat`iy karantin rejimiga qaytdi

Sal avval koronavirusni enggan Chernogoriya yana qat`iy karantin rejimiga qaytib, jiddiy cheklovlarni joriy qilmoqda.

Ushbu cheklovlari doirasida sport mashg`ulotlari va musobaqalar, shuningdek, ochiq havoda jamoat yig`inlarini o`tkazish yana taqiqlandi. Dafn marosimida qabristonda faqat marhumning oila a`zolari bo`lishiga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, mamlakat shimolidagi ikki munisipalitetda soat 18:00 dan 05:00 gacha komendantlik soati joriy etilgan.

Chernogoriya iqtisodiyoti o`z daromadining katta qismini Adriatik dengizi sohilidagi turizmdan oladi. Shu sababli mamlakat 25 may kuni o`zini koronavirusdan tamoman xoli deb e`lon qilgandi.

Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 10 kun avval oshishni boshlagan. Shundan buyon hukumat kasallikka chalinish bo`yicha 100 ta yangi holatni e`lon qildi. Avvalroq kasallanganlar soni 424 kishini tashkil qilgan.

Eslatib o`tamiz, Chernogoriyada koronavirusga chalinish bo`yicha ilk holat 17 mart kuni aniqlangandi. May oyi oxirlarida Chernogoriya koronavirusni enggan Evropadagi birinchi davlatga aylangan, mamlakatda koronavirusga chalingan barcha bemorlar to`liq sog`aygandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1