AsosiyJamiyat

Toshkentda "O`zbektelekom", FHDYo, qurilish kompaniyasi va bank xodimlarida koronavirus aniqlandi

'Toshkentda "O`zbektelekom", FHDYo, qurilish kompaniyasi va bank xodimlarida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari so`nggi kunlarda sezilarli darajada oshdi, shuningdek, boshqa hududlarga qaraganda ham yuqori bo`lib turibdi.

Avval xabar qilganimizdek, 26 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 250 nafar bemordan 25 nafari aholi orasida aniqlangan bo`lsa, 27 iyun kuni esa 255 nafar bemordan 54 nafari aholi orasida tasdiqlanib, shundan 39 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.  

Ikki kunlik ma`lumotga ko`ra, ham umumiy kasallanish ko`rsatkichi biroz oshgan bo`lsa, aholi orasida koronavirusga chalinish holati esa keskin o`sganligini ko`rish mumkin.

Jumladan, “O`zbektelekom” kasaba uyushmasi xodimi J.X.da, Yunusobod tumanida yashovchi N.Ya.da (Shifoxonaga yotish maqsadida namuna topshirgan)  va yana ushbu tumanda yashovchi 2 nafar  fuqaro (Yunusobod dehqon bozoridan bir necha bor xarid qilgan), Olmazor tumanida yashovchi B.I.da (tana harorati ko`tarilib, namuna topshirgan), Shayxontohur tumanida yashovchi B.A.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), Uchtepa tumanida yashovchi N.A.da koronavirus qayd etilgan.

Shuningdek, “O`rikzor” savdo majmuasining oziq-ovqat do`koni sotuvchi F.X.da, Shayxontohur tumanidagi Sut mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ishchisi F.R.da, Yunusobod tuman FXDYo bo`limi mas`ul xodimi  S.S.da, 1-son Respublika klinik shifoxonasida davolanayotgan bemor O.A.da, “Ipoteka” bank Shayxontohur filiali kassiri M.X.da, “Asaka bank” bosh ofisi xodimi A. D.da , Sergeli tumanidagi “Inter injenering” qurilish kompaniyasi xodimi T.K.da  ham kasallik aniqlangan.

Vaziyat tobora jiddiylashayotganini hisobga olib, Sog`liqni saqlash vazirligi aholi orasida koronavirusga chalinish xavfi yuqoriligi bois poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan karantin qoidalariga qat`iy amal qilishlarini so`rab qoladi.  

    Boshqa yangiliklar