1

Putin nega har uch-to`rt kunda koronavirusga test topshirayotganiga izoh berdi

Dunyo 28.06.2020, 21:11
Putin nega har uch-to`rt kunda koronavirusga test topshirayotganiga izoh berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya 1» telekanalidagi efirida har uch kunda test topshirayotganini ma`lum qildi. 

Testlarning javobi qandayligi haqida berilgan savolga u: «Hozircha ha», — deya javob qildi.

Putin Qizil hududdagi koronavirus bemorlar shifoxonasiga borishini aytganida uni bu yo`ldan qaytarishga urinishgan.

«Ushbu qarorga hamma qarshi chiqqan. Xo`sh, nega u erga bordim? Avvalo, u erda nima qanday joylashtirilgani, sharoit qandayligini o`z ko`zim bilan ko`rishni xohladim. Hisobotlar orqali ma`lumot olish boshqa, o`zing joyiga chiqib hammasi qandayligini ko`rish boshqa», — deya qo`shimcha qilgan u.

Putin intervyu davomida masofadan turib ishlashdan ko`ra odamlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish unga yoqishini aytib o`tdi.

«Darhaqiqat, ma`lum darajada bu sinov deya olaman, chunki menga odamlar bilan muloqot qilish yoqadi. Odamlar bilan to`g`ridan-to`g`ri suhbatdan ichki qoniqish hosil qilaman», — dedi Putin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1