1

Hindistonda qo`l-oyoqsiz chaqaloq dunyoga keldi (video)

Dunyo 28.06.2020, 21:53
Hindistonda qo`l-oyoqsiz chaqaloq dunyoga keldi (video)

Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida qo`l va oyoqlarsiz qizaloq dunyoga keldi, deb xabar berdi “zakon.kz” manbasi asosida aniq.uz.

Kichkintoy 26 iyunda tug`ilgan, shifokorlarning so`zlariga ko`ra, WNT3 genidagi mutasiya tufayli yuzaga kelgan noyob irsiy kasallik - tetraameliya sindromi bilan tug`ilgan.

Ushbu sindrom tananing turli qismlarida jiddiy formasiyalarga olib keladi. Ko`pgina hollarda o`pka rivojlanmaydi va bu nafas olishni qiyinlashtiradi. Tetraameliya sindromi bo`lgan bolalar ko`pincha o`lik holda dunyoga kelishadi yoki tug`ilishdan ko`p vaqt o`tmay nobud bo`lishadi. Hozirda avstraliyalik Nik Vuychich va yaponiyalik Xirotada Ototake - tetraameliya sindromidan aziyat chekadigan eng mashhur shaxslardan hisoblanishadi.

Kasalxona pediatri Suresh Agarvalning so`zlariga ko`ra, qizaloqning ahvoli qoniqarli va butunlay sog`lom. Video:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1