AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidenti Fransiya xalqiga ta`ziya izhor qildi

14 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiya Respublikasi Prezidenti Fransua Olland nomiga maktub yo`lladi.

Unda 13 noyabr kuni Parij shahrida yuz bergan qator terroristik aktlar oqibatida Fransiya fuqarolarining qurbon bo`lganligi munosabati bilan chuqur ta`ziya izhor etildi.

Davlatimiz rahbari halok bo`lganlarning oila a`zolariga va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga, shuningdek, butun Fransiya xalqiga hamdardligini etkazishni so`radi. «Qayg`uyingizga hamdarmiz» so`zlari alohida qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar