AsosiyJamiyat

22-o`lim. Toshkentlik 42 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

'22-o`lim. Toshkentlik 42 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi O`zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 22-bemor haqida xabar berdi.

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 42 yoshli D.X. (erkak) joriy yil 20 iyun kuni bosh miya qon aylanishi o`tkir buzilishi (insult)ning qaytalanishi bilan (2018 yilda birinchi marotaba insult bo`lgan) o`ta og`ir holatda Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.

Bemorda 22 iyun kuni koronavirus aniqlangan va unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasiga o`tkazilgan hamda ahvoli keskin yomonlashganligi sababli sun`iy nafas berish apparatiga olingan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli tajribali shifokorlar tomonidan ham nazoratga olinib, bir necha bor konsiliumlar o`tkazilgan.

Biroq shu soha mutaxassislarining standartlar asosida o`tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor bosh miya qon aylanishining o`tkir buzilishi, o`tkir nafas va o`pka-yurak etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar