Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyati Urgut tumanida ko`chada turgan mashinalarning davlat raqamlari IIB xodimlari tomonidan echib olinayotgani haqida videomurojaat paydo bo`ldi.
Ayni paytda Samarqandi viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, hozircha "qizil hudud" bo`lib turgan Urgut shahrida ko`chada to`xtab turgan mashinalarning davlat qayd etish raqamlari ichki ishlar xodimlari tarafidan echib olinayotganligi to`g`risidagi videomurojaat viloyat IIB tomonidan o`rganilmoqda.
O`rganishlar natijasiga ko`ra xabar beriladi.






