AsosiyJamiyat

220 nafar talaba Rossiyadan Toshkentga olib kelindi

'220 nafar talaba Rossiyadan Toshkentga olib kelindi'ning rasmi

Kecha, 28 iyun kuni Moskvadan Toshkentga Toshkent temir yo`l muhandislari institutining Rossiya universitetlarida tahsil olayotgan 220 nafar talabalari (bakalavrlar, magistrlar, aspirantlar) (N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Moskva po`lat va qotishmalar instituti, Rossiya transport universiteti, Moskvadan Toshkentga charter reys bilan kelgan) Peterburg davlat temir yo`l muhandisligi universiteti, Omsk davlat temir yo`l muhandisi universiteti va Moskva arxitektura instituti) vatanga olib kelindi. Bu hapqda  "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Matbuot xizmati xabar qildi. 

Barcha talabalar Toshkent temir yo`l muhandislari institutining talabalar turar joyida karantinda bo`lshadi. «O`zbekiston temir yo`llari» AJ barcha zarur maishiy sharoitlarni, jumladan, kuniga uch marta issiq ovqatni tashkil etdi. Onlaynda o`qishni davom ettirayotgan talabalar uchun yuqori tezlikdagi Internet mavjud. 14 kunlik karantin davridan keyin barcha talabalar uylariga yuboriladi, deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar