16 noyabrdan 22 noyabr kunlari «Ertangi kun bizniki, marra bizniki» shiori ostida «Yoshlar haftaligi» bo`lib o`tmoqda. Joriy yilda ilk marotaba tashkil etilayotgan mazkur haftalik doirasida:
1. Qisqa metrajli filmlar festivali;
2. Moda va dizayn festivali;
3. Talabalar teatr studiyalari festivali;
4. «Quvnoqlar va zukkolar» tanlovi;
5. «Tafakkur sinovlari» tanlovining final bosqichi;
6. «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi ilmiy-amaliy konferensiya;
7. «Yangi nigoh» videoroliklar tanlovi sovrindorlarini taqdirlash marosimi kabi tadbirlar tashkil etildi.
Haftalik doirasida kinematografiya sohasida yosh iste`dodlarni izlab topish, ularni qo`llab-quvvatlash va keng jamoatchilikka tanitish, yosh ijodkorlarning professional malakasini oshirish, katta ekranlarda o`z ijodini namoyish etishga yo`l ochib berish maqsadida birinchi marotaba «PROlogue» - yosh kinoijodkorlarning qisqa mertajli filmlari festivali tashkil etilmoqda. Ushbu tanlovda yuzga yaqin havaskor va professional kinoijodkorlar o`z ijod namunalarini taqdim etdilar.





