AsosiyJamiyat

Toshkent va Jizzaxda aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

'Toshkent va Jizzaxda aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 29 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8031 (+83) nafarni tashkil etmoqda.

 Yangi kasallanish holatlarining 47 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 32 nafari Toshkent shahrida (shundan 18 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 14 nafari aholi orasida), 4 nafari Jizzax viloyatida (barchasi aholi orasida) aniqlangan.

 

❗️Ayni paytda yurtimizda 5329 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog`aygan.

 

‼️Hozirda mamlakatimizda 2680 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 19 nafari og`ir, 6 nafari o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar