AsosiyJamiyat

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi yangi hamkorlikda islohatlarni yanada rivojlantirishga bel bog`ladi

'Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi yangi hamkorlikda islohatlarni yanada rivojlantirishga bel bog`ladi'ning rasmi

Joriy yilning 29 iyun kuni «O`zbekiston eksportchilari uyushmasi» va «O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi» o`rtasida o`zaro hamkorlik qilish to`g`risidagi memorandum imzolandi.  Bu haqda O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi matbuot hizmati xabar bermoqda. 

Undan ko`zlangan asosiy maqsad etib quyidagilar belgilandi:

  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari, kichik ishlab chiqarish korxonalari, jumladan Tomonlarning a`zolari bo`lgan korxonalar va jamiyatlar o`rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o`rnatish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash orqali ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar o`rtasida tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatining kafolatlari hamda  iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi amaldagi qonun hujjatlarini keng targ`ib qilish.
  • Tomonlarning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda ularning imkoniyat va salohiyatini birlashtirish orqali eksport sohasiga va iste`molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va me`yoriy-huquqiy hujjatlari, “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarning tizimli ijrosini ta`minlash.
  • Ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan iste`mol tovarlarining sifatini va xavfsizligini ta`minlash borasida hamkorlikda monitoring olib borishni yo`lga qo`yish, monitoring natijalari bo`yicha aniqlangan kamchilik va muammolarni birgalikda hal qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, .
  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari korxonalari tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni o`rganish, tahlil qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik bazasini takomillashtirish bo`yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
  • Iste`mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish faoliyati bilan shug`ullanuvchilar orasidagi  ilg`or tajribalarni yoshlar orasida keng yoyish, bu boradagi yutuqlarni ommalashtirish.
  • Sifatli va xavfsiz iste`mol tovarlari ishlab chiqarishda namuna ko`rsatayotgan tadbirkorlik sub`ektlarining faoliyatini  axborot vositalarida, shuningdek, tomonlarning veb-saytlarida maxsus rukn tashkil etib, yoritib borish.
  • Iste`mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning iste`molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi bilimlarini yanada oshirishga  ko`maklashish maqsadida o`zaro hamkorlikda o`quv-seminarlar, uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil qilish bo`yicha chora-tadbirlarni belgilash.
  • Mamlakatimizda etishtirilayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari va ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining xalqaro bozorlarda raqobatdoshligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, etishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini baholashning zamonaviy tizimini ishlab chiqarishga joriy etishga ko`maklashish.
  • Qishloq xo`jaligi mahsulotlariining xalqaro talablarga muvofiq standartlashtirish va sertifikasiyalash bo`yicha ishlarni tashkillashtirishda tarmoq korxonalariga ko`maklashish, ularga axborot xizmatlari ko`rsatish.
  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari, kichik ishlab chiqarish korxonalariga iste`molchilar huquqlarini himoya qilish sohasi bo`yicha amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma`lumot berish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni xarid qilish imkoniyatlari yoritilgan axborot-marketing, uslubiy-ta`minot xizmati va maslahat yordamini ko`rsatish.

 

 

    Boshqa yangiliklar