AsosiyJamiyat

“Agorobank” va Xalq banki iste`molchilar huquqlarini buzdi

'“Agorobank” va  Xalq banki iste`molchilar huquqlarini buzdi'ning rasmi

Bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar doirasida joriy yilning birinchi yarim yilligida “Agrobank” va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste`molchilari huquqlarining buzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma`lum qildi.

Xususan, ushbu banklar tomonidan qonun talablariga rioya qilmagan holda, mijozlarning hisobvaraqlariga mablag` kiritib qo`yganlik uchun komissiya to`lovlari undirilgan, omonat shartnomasi shartlariga bank tomonidan bir tomonlama o`zgartirishlar kiritish huquqi ko`zda tutilgan. Shuningdek, banklarning axborot stendlarida noto`g`ri va ahamiyatsiz (dolzarb bo`lmagan) ma`lumotlar joylashtirilgan, kredit shartnomasi shartlariga amal qilmagan holda, kredit to`lovlari bo`yicha penyalar hisoblangan va boshqa qoidabuzarliklarga yo`l qo`yilgan.

Shu munosabat bilan aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ko`rsatmalar berish bilan bir qatorda ushbu banklarga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo`llanildi.

    Boshqa yangiliklar