Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. AOKA axborot xizmati brifingdan muhim ma`lumotlarni taqdim qildi:
Keltirilishicha, hozirga qadar jami 8031 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilgan. 5329 nafar bemor to`liq sog`aygan, 2680 nafari davolanmoqda. Ulardan:
▫️6 nafari — o`ta og`ir;
▫️19 nafari — og`ir;
▫️230 nafari — o`rta og`ir;
▫️ 2425 nafari — qoniqarli holatda.
▫️162 nafarida pnevmoniya aniqlangan.
Virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 15 459 ta, epid mavsum davomida 1,176 205 ta test sinovlari o`tkazildi;.
Shuningdek, ma`lum qilinishicha, respublikadagi 29 ta tuman va shaxar “qizil” hududga, 43 tasi “sariq” hududga hamda 131 ta tuman va shahar “yashil” hudud toifasiga kiritildi.
Toshkent shahri bo`yicha kasallik qayd etilgan 333 ta "yashil", 87 ta "sariq" va 99 ta "qizil" mahalla, mavze va daha hududlari bo`ylab karantin va profilaktik tadbirlar belgilangan.






