2020 yil 29 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8199 (+168) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 151 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Buxoro viloyati (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) va yana 1 nafari Jizzax viloyatida karantindagi fuqarolar orasida qayd etilgan.
❗️Ayni soatlarda poytaxtimiz va Surxondaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida 97 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, o`z uylariga kuzatildi.
❗️Shunday qilib, yurtimizda 5426 (+97) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 66 foizni tashkil qilmoqda.
‼️Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 2750 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






